Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan 2023 yilgi oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş böyiça qaror imzoladi.
Unga köra, “Qişloq quriliş bank” ATB negizida “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB taşkil etildi.
Uning faoliyati ustuvor ravişda kiçik biznes sub’yektlarining loyihalarini moliyalaştiriş va ularga kompleks xizmatlar körsatişga yönaltiriladi.
Biznesni rivojlantiriş banki huzurida quyidagilar taşkil etiladi:
- xalqaro moliya institutlarining mablağlari, xususiy investitsiyalarni jalb qiliş orqali istiqbolli kiçik biznes loyihalarini amalga oşiradigan “Kiçik biznesni rivojlantiriş jamğarmasi” MÇJ;
- kiçik tadbirkorlik sub’yektlariga biznes loyihalarini işlab çiqiş, moliyalaştiriş va işga tuşirişga kömaklaşiş, ularga konsalting xizmatlarini körsatişga mas’ul bölgan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida 14 ta kiçik biznesga kömaklaşiş markazlari.
Bundan taşqari, Biznesni rivojlantiriş banki tomonidan vakolatli banklar bilan birgalikda kiçik biznes loyihalari uçun qulay şartlarda 7 yilgaça bölgan muddatlarda kreditlar ajratiladi.
Şuningdek, ijobiy kredit va soliq tarixiga ega hamda kiçik biznesga kömaklaşiş markazlari yordamida loyihalarini amalga oşirayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini kengaytiriş uçun kreditlar ajratişda ularga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.
Ma’lumot uçun, prezident tadbirkorlar bilan uçraşuvda Biznesni rivojlantiriş bankining faoliyati, işlaş uslubi va moliyalaştiriş mexanizmlari yangiça bölişi, bank kiçik biznesga kömaklaşişini aytgandi
“Tax gap” va QQS guvohnomasini töxtatib qöyiş amaliyotlari bekor qilindi

















