«Chelsi» himoyachisi Davide Dzappakosta Italiyaga qaytdi.
27 yoshli futbolchi «Roma» klubida 6 oy davomida ijarada o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu muddat tugaganidan so‘ng, rimliklar uni yana 6 oyga uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dzappakosta «Roma»da 2-raqam ostida to‘p tepadi.
Davide 2017 yili «Torino»dan 28 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Futbolchi londonliklar tarkibida o‘zini namoyon qilolmadi va 2 yil ichida atigi 24ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.