22:28 / 01.11.2019
0
4789

Trampning impichment jarayoni bo‘yicha tinglovlar noyabrda boshlanishi mumkin

Avvalroq AQSh vakillar palatasi ko‘pchilik ovoz bilan Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanishini rasmiylashtiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi.

AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi prezident Donald Trampning impichment jarayoni doirasidagi tinglovlar noyabrda boshlanishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Noyabrda ommaviy tinglov bo‘lib o‘tadi deb o‘ylayman", - dedi Pelosi Blumberg jurnalistlari bilan suhbatda.

Spiker shu bilan birgalikda impichment jarayoni doirasidagi surishtiruvning yakunlanish muddati noaniqligini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni AQSh vakillar palatasi ko‘pchilik ovoz bilan Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanishini rasmiylashtiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top