21:20 / 08.03.2020
0
5153

Yanvar-fevral oylarida Xitoy eksporti 17 foizga qisqardi

Koronavirus epidemiyasi fonida Xitoyning 2020 yil dastlabki ikki oyi davomidagi tashqi savdo aylanmasi 11 foizga qisqarib, 591,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi ma'lum qildi.

Foto: dpa / Frank Bründel

Yanvar-fevral oylarida eksport ko‘rsatkichi bir yil oldingiga qaraganda 17,2 foizga tushib ketdi – $292,45 mlrd.

Import hajmi esa kutilmalardan ancha past darajada – 4 foizga kamaydi – $299,5. CNBC`ning yozishicha, so‘rovnomalar natijasida import 15 foizga kamayishi kutilayotgan edi.

Hisobot davrida savdo balansidagi defitsit 7,09 milliard dollarni tashkil qildi. Bozor ishtirokchilari esa bu raqam 24,6 milliardga teng bo‘lishini kutishgandi.

Xitoy tashqi savdosidagi qisqarish SARS-CoV-2 koronavirusi tarqalishi, shu bilan bog‘liq holda mamlakatdagi Yangi yil ta'tili muddatining uzayishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, respublikada yangi aniqlanayotgan kasallanish holatlari soni asta-sekin kamaya boshlagan, mahalliy hukumatlar favqulodda choralarni yumshatishga o‘tishgan.

Xitoy Moliya vazirligi epidemiologik holatni bartaraf etish uchun 10 milliard dollar ajratishga qaror qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top