09:59 / 24.04.2020
2991

JSST kompyuter tizimlariga kiberhujumlar soni 5 marotaba oshdi

Oxirgi kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kompyuter tizimlariga kiberhujumlar soni 5 marotaba oshdi. 

Foto: REUTERS

O‘tgan bir hafta ichida kiberjinoyatchilar JSSTning 450 ta elektron manzili va parolini o‘g‘irlagan. Tashkilot ma'lumotlar bazalariga zarar yetmagan.

Shuningdek, JSST nomidan koronavirus bilan kurashish jamg‘armasiga pullar o‘tkazish chaqirig‘i bilan elektron maktublar jo‘natilishi holatlari ko‘paygan. “Firibgarlar odamlarni aldashga urinishlarini ko‘paytirgan. Natijada xayriyalar koronavirusga qarshi kurashish jamg‘armamiz Solidarity Response’ga emas, balki jinoyatchilar ko‘rsatgan manzillarga tushgan”, deyilgan JSST bayonotida.

JSST vakillarining ta'kidlashicha, ular o‘z axborot tizimlari xavfsizligini kuchaytirish ustida ish olib borishmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top