21:03 / 17.06.2020
3486

London meri Covid-19 sababli oylik maoshini qisqartirdi

Londondagi vaziyat politsiya, qutqaruvchilar va transport tizimini moliyalashtirish qisqarishiga olib kelishi mumkin.

London meri Sodiq Xon koronavirus pandemiyasi sababli oylik maoshini 10 foizga qisqartirganini ma'lum qildi.

Xon Britaniya hukumatini moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan mahalliy hokimiya organlariga yordam berishga chaqirdi. Meriyalarning yetarlicha moliyalashtirilmaganligi bois aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati qisqartirilishi mumkin.

ITV telekanalining qayd etishicha, Londondagi vaziyat politsiya, qutqaruvchilar va transport tizimini moliyalashtirish qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Buyuk Britaniyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 300 mingga yaqin holat qayd etilgan, 41 mingga yaqin kishi vafot etgan. Buyuk Britaniya o‘lim holatlari bo‘yicha AQSh va Braziliyadan keyin uchinchi o‘rinda turibdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top