Jahon | 15:20 / 23.02.2024
4635
2 daqiqa o‘qiladi

London Rossiya hujumining ikki yilligi munosabati bilan sanksiyalar kiritdi

Minerallar va qurol yetkazib berish bilan bog‘liq Rossiya kompaniyalari Britaniyaning yangi cheklovlariga duchor bo‘ladi.

Foto: AP

Britaniya Ukrainaga hujum munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirib, RFning o‘nlab kompaniyalari va jismoniy shaxslarini ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda 22 fevral, payshanba kuni Britaniya hukumati saytida ma’lum qilindi.

Cheklovlar qurol yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan, deyiladi press-relizda. «Ushbu yangi sanksiyalar, shuningdek, Rossiyaning asosiy daromad manbalariga, metall, olmos va energiya savdosini cheklash hamda noqonuniy urush uchun turli manbalardan moliyalashtirishni to‘xtatishga qaratilgan», — deyiladi hujjatda. 

Sanksiyalar «Novatek» kompaniyasining «Arktik SPG-2» suyultirilgan gaz loyihasiga va uning bosh direktori Oleg Karpushinga qarshi joriy etildi. ALROSning yangi bosh direktori Pavel Marinichev hamda ALROS va «Novatek» bir qator boshqa top-menejyerlari ham cheklovlarga duchor bo‘lgan. 

Xalqaro treyderlarga qarshi sanksiyalar

Sanksiyalar, shuningdek, «Mechel» direktorlar kengashi raisi Igor Zyuzin, Rossiya bilan aloqador neft treyderi, Rosneft trading boshqaruvida bo‘lgan Nils Trust va uning Paramount Energy & Commodities kompaniyasi, Rossiya soyadagi flotining bir nechta operatorlari - Fractal Marine, Beks Ship Management, Active Shipping’ni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Rossiyaga qurol komponentlarini yetkazib beruvchi bir qator xorijiy kompaniyalarga ham cheklovlar joriy etildi. Turkiya kompaniyasi elektronika, Azia Shipping Company va Ibex Shipping INC KXDRdan Rossiyaga qurol yetkazib bergan, shuningdek, Xitoyning uchta kompaniyasi bunda ishtirok etgan, ulardan biri, Londonga ko‘ra, Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berish bilan bog‘liq.

Mavzuga oid