12:27 / 18.06.2020
8361

May oyida 186,6 tonna qovun eksport qilingan - Statqo‘m

Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, qiymati 264,1 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 342,5 tonna qovun mahsuloti xorijga eksport qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabarida aytilishicha, eksport qilingan jami qovunlarning 186,6 tonnasi may oyida amalga oshirilgan. Bu ulush joriy yilda yetishtirilgan yangi qovun mahsuloti hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Ayni kunga qadar o‘zbek qovuniga Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bozorlarida talab yuqori bo‘lmoqda.

E'tiborlisi, 2020- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, 159,0 tonna qovun Rossiyaga eksport qilingan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,5 tonnaga ko‘p.

Avvalroq, gilos eksporti 2 barobarga oshgani ma'lum qilingandi

Mavzuga oid
Top