Davlat statistika qömitasi xabariga köra, uşbu mamlakatlar orasida Qozoğiston 12,4 ming tonna, Rossiya 6,7 ming tonna, Qirğiziston Respublikasi 4,1 ming tonna bilan yuqori uluşga ega böldi.

Bildirilişiça, bu yil özbek gilosi Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi. Joriy yilning 1 iyun holatiga köra, Koreya Respublikasida 51,8 tonna mahsulot 206,8 ming AQŞ dollariga sotilgan.

2020 yil 1 iyun holatiga köra, eksport qilingan gilos mahsulotining davlatlar kesimi böyiça ma'lumot

Qayd etilişiça, gilos eksporti ötgan yilning şu davriga qaraganda 2 barobarga oşgan. Joriy yilning 1 iyun holatiga köra, gilos sotuvidan mamlakatga qariyb 48 million AQŞ dollari miqdorida valuta kiritildi.