19:47 / 23.06.2020
4888

Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovichda koronavirus aniqlandi

Tennis bo‘yicha dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus yuqtirdi. Bu haqda serbiyalik sportchining o‘zi ma'lum qilgan.

«Biz virus chekina boshlagan vaqtda turnir tashkil qildik va bu uchun xavfsiz sharoit bor deb o‘yladik. Afsuski, virus chekinmadi. Menda koronavirus aniqlandi. 14 kunlik karantinga ketyapman, 5 kundan keyin yana test topshiraman», degan tennischi bu boradagi bayonotida.

Dunyoning birinchi raqamli raketkasi o‘z vatani Serbiyada Adria Tour nomli ko‘rgazmali turnir tashkil etgandi. Unda qatnashgan tennischi Grigor Dimitrov, Jokovichning fitness-murabbiyi, shuningdek, sportchining xotinida ham virus aniqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, turnir ishtirokchilari masofa saqlashga e'tibor qaratmagan va restoranlarga ko‘ngilxushlik qilgan.

Ma'lumot uchun, Jokovich 17 marta «katta dubulg‘a» turkumidagi musobaqalarda g‘olib bo‘lgan. U tennis tarixida mavsum davomida nafaqat barcha to‘rtta «katta dubulg‘a» musobaqalarini, balki barcha to‘qqiz ATP turkumidagi musobaqalarni yutgan yagona sportchi hisoblanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top