Serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç 10 sentabr, yakşanba kuni Nyu-Yorkdagi turnir finalida rossiyalik Daniil Medvedevni uç setda (6:3, 7:6, 6:3) mağlubiyatga uçratib, US Open’da ğolib çiqdi. 

Bu - Jokoviç uçun «Katta dubulğa» turnirlaridagi 24-ğalaba böldi. Şu tariqa, u erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida öz rekordini yangiladi. Eng yaqin ta’qibçi ispaniyalik Rafael Nadal 22 ta «Katta dubulğa»ga ega. 

Şu bilan birga, Jokoviç ayollar örtasida 24 ta çempionlikni qölga kiritgan avstraliyalik Margaret Kortning mutlaq rekordini takrorladi. Kortning 13 tituli tennis böyiça Oçiq davrgaça bölgan vaqtda qölga kiritilgan, öşanda «Katta dubulğa» turnirlarida faqat havaskorlar iştirok etişi mumkin edi. 

«Katta dubulğa» turkumidagi törtta turnirdan uçtasida ğalaba

Bundan taşqari, 36 yoşli serbiyalik AQŞ oçiq çempionatida ğolib çiqqan eng keksa tennisçiga aylandi. Yil boşida u xuddi şunday muvaffaqiyatni Fransiya Oçiq çempionatida qayd etgan edi. 2023 yilda Novak Jokoviç «Katta Dubulğa» turkumiga kiruvçi törtta turnirdan uçtasida ğolib çiqdi. U öz faoliyatida törtinçi marta şunday muvaffaqiyatga erişdi (ilgari 2011, 2015 va 2021 yillarda) - bu ham erkaklar tennisidagi mutlaq rekorddir.