Serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç 11 iyun, yakşanba kuni Fransiya Oçiq çempionati (“Rolan Garros”) final uçraşuvida norvegiyalik sportçi Kasper Ruudni (7:6 (7:1), 6:3, 7:5) mağlub etdi.
Serbiyalik bu toifada erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida sovrinlar böyiça ispaniyalik Rafayel Nadalni (22) ortda qoldirib, rekordçiga aylandi. Yakkalik bahslarida “Katta dubulğa” turkumiga kiruvçi turnirlardagi ğalabalar soni böyiça Jokoviç amerikalik Serena Uilyamsga yetib oldi. Rekord avstraliyalik Margaret Kortga tegişli, u 24 ta sovringa ega. Biroq, ularning 13 tasi professional va havaskor turnirlar örtasidagi çegarani yöqqa çiqargan Oçiq davrgaça bölgan vaqtda qölga kiritilgan.
Jokoviç erkaklar örtasida "Rolan Garros"ning eng yoşi katta çempioni (36 yoş, 20 kun) va tarixda "Katta Dubulğa" turnirlarining har birida kamida uç marta ğalaba qozongan birinçi sportçiga aylandi.

















