Sport | 09:48 / 17.07.2023
20540
1 daqiqa o‘qiladi

Tennis. Alkaras Jokovichni mag‘lub etib, Uimbldon-2023 g‘olibiga aylandi

Karlos Alkaras Uimbldon turnirining 2023 yilgi g‘olibiga aylandi.

Foto: Getty Images

Jahonning birinchi raqamli raketkasi bo‘lib turgan ispaniyalik 20 yoshli tennischi Londondagi musobaqa finalida turnirning 7 karra g‘olibi Novak Jokovichni mag‘lub etishga erishdi. Hal qiluvchi bahsda Karlos dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi bo‘lib turgan serbiyalik tennischidan besh setda – 1:6, 7:6 (8:6), 6:1, 3:6, 6:4 hisobida ustun keldi. Final 4 soat 43 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, Karlos Alkaras faoliyatida «Katta dubulg‘a» turkumidagi ikkinchi sovringa ega chiqdi. 20 yoshli tennischi o‘tgan yil AQSh Ochiq chempionatida ham g‘olib bo‘lgandi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов

Mavzuga oid