Dastlabki setni boy bergan tajribali serb iroda ko‘rsatib, qolgan setlarni tay-brekda yutib oldi va «Masters» turkumidagi 39-sovrinini qo‘lga kiritdi.

Umuman esa Novakning titullari 95taga yetdi. Bu borada undan faqat ikki sobiq tennischi oldinda — Rojyer Federer (103) va Jimmi Konnors (109).

Og‘ir finaldan so‘ng Alkaras yig‘ladi, Jokovich esa libosini yirtib yubordi.

Tennischilar o‘rtasidagi o‘zaro hisob tenglashdi — 2:2. So‘nggi to‘qnashuv Uimbldon finaliga to‘g‘ri kelib, unda ispaniyalik raketka ustasi ustun kelgandi.

ATP Masters 1000
Tsinsinatti, AQSh
13-20 avgust
Mukofot jamg‘armasi — 6 600 000 dollar
Ochiq kortlar (Hard)
Final
Novak Jokovich (Serbiya) — Karlos Alkaras (Ispaniya) 5:7/7:6/7:6