22:48 / 02.08.2020
24598

Dunyodagi eng yosh bosh vazir turmushga chiqdi

Foto: Instagram/sannamarin

Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin o‘z mahbubi bilan munosabatlarini nikoh to‘yi bilan mustahkamlashga qaror qildi.

Dunyodagi eng yosh bosh vazir hisoblanuvchi Marin futbolchi Markus Raykkonenga turmushga chiqdi. E'tiborlisi, Marin o‘z turmush o‘rtog‘i bilan 16 yildan beri fuqarolik nikohidan o‘tgan holda yashab keladi. 

Tantanali marosim bosh vazir qarorgohida 1 avgustda bo‘lib o‘tgan. Unga juftlikning yaqin qarindoshlari va tanishlari, jami 40 kishi taklif etilgan.

Juftlik 2 yoshli qiz farzandni tarbiyalab keladi.

Finlyandiya parlamenti 34 yoshli Marinning nomzodini bosh vazir lavozimiga 2019 yil 10 dekabrda ma'qullagandi. Uning nomzodini 99 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 77  deputat qarshilik bildirgan. Natijada Marin dunyodagi va Finlyandiya tarixidagi eng yosh bosh vazirga aylangan. Bungacha dunyodagi eng yosh bosh vazir nomi Ukraina bosh vaziri, 35 yoshli Aleksey Goncharukka tegishli bo‘lgan. 

Umuman olganda, Sanna Marin hukumatida ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi: 19 vazirdan 12 nafari ayol kishilardir. Shuningdek, Finlyandiyaning eng yirik besh partiyasidan to‘rttasiga ayollar yetakchilik qiladi. 

Mavzuga oid
Top