Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya ta’lim tizimida katta erkinlik mavjud – prezident Stubb
Prezident Aleksandr Stubb Finlyandiya ta’lim tizimi haqidagi fikrlarini aytdi.
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga tashrifi davomida o‘z mamlakati ta’lim tizimi haqidagi fikrlarini aytdi.
«Finlyandiya ta’lim modelidan qanday xulosa chiqarish mumkin. Bunda bir necha asosiy jihatlar bor.
Birinchidan, kichik yoshdan boshlab ta’lim tizimi barcha uchun teng bo‘lishi kerak, shunda hamma bir xil darajada shakllanadi, albatta agar biror o‘quvchi tezroq rivojlanishni istasa, unga imkoniyat beriladi.
Ikkinchidan, barcha o‘qituvchilar pedagogika bo‘yicha magistr darajasiga ega. Bu yuqori malakali mutaxassislik bo‘lib, faqat talabgorlarning 10 foizi bunday maqomni qo‘lga kiritadi.
Uchinchidan, ta’limda katta erkinlik mavjud, ya’ni ma’lum bir o‘quv dasturini majburan o‘qitish shart emas.
To‘rtinchidan, biz o‘qituvchilarimizni juda qadrlaymiz. Menimcha, Arastu yoshlarga ta’lim berishdan ham olijanob ish yo‘q deb to‘g‘ri aytgan. Bular Finlyandiya o‘quv tizimi haqidagi asosiy xulosalar», dedi Stubb.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026