12:56 / 08.04.2021
47675

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi ishdan olindi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori imzolandi.

Abdug‘ofur Ahmedov

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, Abdug‘ofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, u boshqa ishga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdug‘ofur Ahmedov 2019 yilning sentyabr oyi boshlarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga rahbar bo‘lgandi.

Abdug‘ofur Ahmedov muqaddam Davlat xavfsizlik xizmati tizimida ishlagan.

Top