Din işlari böyiça qömita ayrim şaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni diniy ta’lim oliş uçun çet elga çaqiriş holatlari kuzatilayotgani, xususan, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Rossiya kabi mamlakatlardagi diniy ta’lim muassasalariga öqişga borişga da’vat etuvçi çaqiriqlar va reklama e’lonlari keng tarqatilayotganini qayd etdi.
Qömita rasmiy munosabatida bildirilişiça, bu e’lonlarda ta’lim maskanlari göyoki “qonuniy” yoki “rasmiy” sifatida körsatilsada, amalda ular Özbekiston Respublikasi tegişli idoralari tomonidan tan olinmagan hamda öşa mamlakatlardagi noqonuniy yoki ruxsatsiz faoliyat yurituvçi öquv markazlari hisoblanadi. Bu örinda “rasmiy diniy ta’lim” iborasidan asosan köproq talabgorlarni jalb etiş maqsadida foydalanilmoqda.
“Xavotirli jihati şundaki, bunday çaqiriqlar, köpinça, diniy aqidaparastlik va mutaassiblik ğoyalarini singdiriş, yoşlarimizni notöğri yölga boşlaş va ularning dunyoqaraşiga salbiy ta’sir körsatiş xavfini özida mujassam etadi.
Şu sababli, ota-onalar farzandlarining kimlar bilan muloqot qilayotganiga, internetda qanday ma’lumotlarni öqiyotganiga va qanday takliflarga javob berayotganiga e’tiborli bölişlari şart”, deyiladi munosabatda.
Qömita turli şaxslarning tarğibotiga uçmaslikni eslatgan holda, rasmiy diniy ta’lim faqatgina Özbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi ta’lim muassasalarida berilişi, diniy bilimlarni örganişga bölgan ehtiyojlarini uşbu ta’lim muassasalari imkoniyatlari orqali qondirişni tavsiya etgan.
Ta’kidlanişiça, xorijiy diniy ta’lim muassasalari diplomlari Özbekiston hududida diniy sohada faoliyat yuritiş uçun asos bölmasligi, ta’limdan söng işga joylaşişda noqulayliklar keltirib çiqarişi mumkin.
















