10:05 / 19.04.2021
21670

Koronavirus: O‘zbekistonda shifoxonalarda davolanayotganlar soni yil boshidan buyon ilk marta 2 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 300dan ortiq kishida koronavirus aniqlangani va ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni 2 ming nafardan oshgani, ularning 238 nafari og‘ir ahvolda ekani haqida xabar berdi.

«2021 yil 18 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86982 (+302) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda qatorasiga uchinchi kun kunlik kasallanish holatlari soni 300dan oshiq bo‘lmoqda. Bungacha o‘tgan yil sentyabridan buyon kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 300dan oshishi kuzatilmagandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 18 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 59 nafari Toshkent viloyatida,
  • 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 28 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Samarqand viloyatida 92 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 32 nafar,
  • Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84307 (+264) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2037 nafar bemor davolanmoqda, shundan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top