Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 2021 yil oxirida Hindistonga S-400 majmuasini yetkazishni boshlaydi
Rossiya 2021 yil 4-choragidan boshlab Hindistonga S-400 «Triumf» raketa-zenit majmualarini yetkazishni boshlaydi. Bu haqda «Rosoboroneksport» bosh direktori Aleksandr Mixeyev ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, hozirda hindistonlik mutaxassislarni majmua bilan ishlashga o‘rgatish ishlari davom etmoqda. «Barchasi reja bo‘yicha ketmoqda», deb ma'lum qilgan Mixeyev.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, 2018 yil oktyabrda Rossiya va Hindiston o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar vaqtida Hindistonga S-400’ni yetkazib berishga shartnoma imzolangan. Hindiston 5,43 mlrd dollarlik shartnomaga ko‘ra, S-400’dan beshta polk komplektini oladi. Majmualarni 2024 yil oxirigacha yetkazib berish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026