13:03 / 18.06.2021
1914

Samarqanddagi avtohalokatda xorazmlik yigit halok bo‘ldi

17 iyun kuni Samarqand viloyatida Gentra va yuk avtomobili to‘qnashuvi oqibatida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Gentra bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Xorazmdan Toshkentga yo‘lga chiqqan Gentra boshqaruvidagi 21 yoshli yigit halok bo‘lgan. Yo‘lovchilar turli og‘irlikdagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top