10:21 / 07.07.2021
57886

Bir qator davlat organlari rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi

O‘zbekistonning qator vazirliklari va davlat qo‘mitalarida o‘rinbosar lavozimidagi rahbar xodimlar lavozimdan ozod etildi. Kozim To‘laganov, Kamola Akilova va Akmal Mirzayev vazir o‘rinbosari lavozimlarini tark etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ayrim vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarori imzolandi.

Qarorga asosan, quyidagilarning vazir o‘rinbosari maqomi bekor qilindi:

  • Madaniy meros departamenti boshlig‘i Kamola Akilova;
  • Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim Tulyaganov;
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.

Akmal Mirzayev transport vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, davlat qo‘mitalarida ham o‘zgarishlar bo‘ldi:

  • Shamsiddin Alimov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Nuritdin Muratov va Nodir Muxitdinov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi;
  • Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Maxmudjon Ziyadullayev Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Olim Hakimov O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Abdushukur Hamzayev O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – O‘rmon xo‘jaligi ilmiy izlanish instituti direktori lavozimidan ozod etildi;
  • Baxtiyor Atamuradov «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
  • Fazliddin Umarov DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari – DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Bu o‘zgarishlar prezidentning 2021 yil 3 apreldagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid
Top