Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Spark piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lum qildi.
Joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumanidagi KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomashina haydovchisi 26 yoshli H.H. tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 65 yoshli T.U.ni urib yubordi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida T.U. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Toshkentda Spark piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgani xabar qilingan edi.