Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Spark» piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.
31 oktyabr kuni soat 18:30larda Yunusobod tumanidagi KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi, 26 yoshli H. H. piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 65 yoshli T.U.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida T. U. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:12
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026