13:11 / 10.11.2021
2320

Surxondaryoda 144 tonna unni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 144 tonna unni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: 24.kz

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni Buxoro viloyatida yashovchi I.Shamsi Denov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 2021 yil 15 avgustdan 4 sentabr kuniga qadar, o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan MChJdan Uzun tumanida yashovchi D.D. va boshqalar umumiy qiymati 543 million 300 ming so‘m bo‘lgan 144 tonna unni olib, pullarni bermasdan o‘zlashtirib ketganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 26 oktabr kuni D.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top