Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan sobiq boshliq va ombor mudiriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida aholi va ijtimoiy obektlarga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan sobiq boshliq va ombor mudiriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan “Ko‘mir ta'minot” MChJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida, “Ko‘mir ta'minot” MChJning Surxondaryo viloyati filiali sobiq boshlig‘i S.E. va ombor mudiri M.X. rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritish yo‘li bilan aholi va ijtimoiy soha obektlari ehtiyoji uchun ajratilgan 85,2 tonna ko‘mir mahsulotini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:02 / 26.05.2026
1 iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
08:31 / 30.03.2026