Surxondaryo viloyati Termiz tumanida örik pişdi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, tumandagi MÇJ tomonidan barpo etilgan örikzorlarda innovatsion texnologiyani muvaffaqiyatli qöllanişi hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirdi.

2020 yilda taşkil etilgan korxonada ötgan qisqa vaqt içida qariyb 102 gektar maydonda tomçilatib suğoriş orqali örik (mikado, magadant, kaloroda, maykod, lidegod, sinişkod, rubitsa, kasinko, radova) va şaftoli (nektar) parvarişlaş yölga qöyildi.

Ertapişar va hosildor bu mevalarning köçati xorijdan keltirilgan bölib, yer va iqlimga tezda moslaşdi.

Bugun MÇJ boğlarida örik ğarq pişgan. Hosilni yiğib olişni boşlagan boğbonlar xalqaro standartlarga töla javob beradigan darmondoriga boy ne’matni Rossiyaga eksport qilişga ham kirişdi.

Hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy işçi örni yaratilgan korxonada hosilni yiğiştiriş, saralaş va qadoqlaş işlari jadal olib borilmoqda. Köçatlar 3-4 yillik bölgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.

Tadbirkorning sözlariga köra, kelgusida 80-100 tonnagaça hosil oliş rejalaştirilgan bölib, birgina joriy yil mavsum davomida örikning özidan qariyb 1500 tonna atrofida hosil oliş va çet davlatlarga eksport qiliş közda tutilgan.