23:12 / 15.12.2021
15083

OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi

Shuningdek, 15 noyabrgacha koronavirusga qarshi emlangan, lekin emlanganlik haqidagi sertifikatni OTMga topshirishga kechikkan talabalarga ham kontrakt uchun 10 foiz chegirma qo‘llanishi belgilandi.

Foto: Kun.uz

Bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, bu – Davlat qabul komissiyasining 15 dekabrdagi 10-son qarorida qayd etilgan.

Bundan tashqari, koronavirusga qarshi 2021 yilning 15 noyabriga qadar to‘liq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib OTMga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga ham to‘lov-kontrakt summasini to‘lashda bir martalik 10 foizli chegirmani qo‘llashga ruxsat berildi.

Mavzuga oid
Top