08:23 / 15.02.2022
1656

Navoiyda Cobalt jarlikka tushib ketdi

Xatirchi tumanida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Cobalt mashinasi yo‘ldan chiqib, pastlikka tushib ketgan.  

Foto: YHXX

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHX xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 14 fevral kuni soat 16:00larda sodir bo‘lgan. Xatirchi tumanining Navbahor mahallasi hududidan o‘tgan 4P-56a avtomobil yo‘lining 2-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan F.P. “Xatirchi-Oltinsoy” yo‘nalishida “Cobalt” mashinasida harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘ldan chiqib, pastlikka tushib ketgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top