Kun.uz manbasiga köra, avtohalokat 22 yanvar kuni sodir bölgan. "Konimex-Boymurod" yönalişida harakatlanib ketayotgan Lacetti maşinasi yölga bexosdan çiqqan tuya bilan töqnaşgan. YTH oqibatida maşinada bölgan 3 kişi voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki örganiş natijalariga köra, Lacetti katta tezlikda harakatlangan.
Hozirça holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.
Bu Navoiyda maşina va tuya töqnaşgan birinçi holat emas. 2021 yilning 2 oktabr kuni ham Navbahor tumanida «Navoiy-Nurota» yönalişida harakatlanib borayotgan Spark maşinasi tuyani urib yuborgan hamda qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Damas bilan töqnaşgandi.
Oldinroq Navoiyda hayvonlar bilan boğliq avtohalokatlarning oldini oliş maqsadida çöl hududidagi yöllarga hayvonlar maketi örnatilgandi.











