10:15 / 19.08.2022
5792

Toshkentdan Tokioga parvozlar amalga oshirilishi boshlandi 

Toshkentdan Tokioga parvozlar amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniya xabar berdi.

2022 yil 18 avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshirdi

Qayd etilishicha, Boeing 767 havo kemasi tongda Narita xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugundan boshlab Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiradi.

Top