Air France aviakompaniyasining Parijdan Puant-a-Pitrga uçayotgan reysi yölovçilardan birining mobil telefoni bortda yöqolgani sabab yarim yöldan qaytişga majbur böldi.
Ekipaj a’zolari bortda yöqolgan telefon xavfli vaziyat yuzaga keltirişi mumkinligidan xavotirlangan. Bu xavotirlar telefonning batareyasi bilan boğliq edi. Gap şundaki, agar qurilmaning batareyasi haddan taşqari qizib ketsa yoki şikastlansa, samolyotda yonğin keltirib çiqarişi mumkin edi.
Telefonni qidiriş uçun dastlabki urinişlar besamar ketgan. Parvoz vaqtida bortda 375 yölovçi va 12 nafar ekipaj a’zosi bölgan. Ular Parijga eson-omon qönişgan, ammo parvoz ikki soatdan ortiq vaqtga keçikkan.
Keyinçalik telefon texnik xizmatlar tomonidan topildi. Şundan söng, reys belgilangan manzilga jönab ketdi.
Avvalroq Los-Anjyelesdan Xitoyga uçgan Amerika samolyoti uçuvçida pasport yöqligi sababli AQŞga qaytişga majbur bölgandi. Hodisa tufayli samolyot Şanxayga olti soat keçikib yetib keldi.
















