17:42 / 27.01.2023
34840

Beshbarmoq va olmasi bilan mashhur qishloq - Nanay | “Manzil”

“Manzil” o‘z sayohatlarini davom ettiradi. Bu gal Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay qishlog‘iga sayohat qildik. Tog‘lar yonbag‘rida, kislorodga to‘yingan havosi, mehmondo‘st insonlari bilan nom taratgan qishloq bilan tanishing.

Qishning sovuq kunlarida Nanayga keluvchilarning aksari beshbarmoq yeyish uchun boradi. Nanaydagi beshbarmoq namanganliklar orasida juda mashhur.

Nanay beshbarmog‘i mahalliy xalq o‘rtasida xamir deyiladi. Uning o‘ziga xosligi – xo‘randaga bitta idishda emas, bir nechta idishda keltiriladi.

Nanaydagi kempinglar va dalahovlilar o‘rtacha 500 mingdan 1,5 mln so‘mgacha narxda. Narxlar ozgina qimmat deb aytishingiz mumkin, yo‘q, Nanayda yoz kunlari kishi boshiga 25 ming so‘mga ham dam olishga joylar topiladi. Qish kunlari esa tunash uchun eng budjet bir kecha uchun narx 50 ming so‘mni tashkil qiladi.

Dam oluvchilar Nanayga asosan yoz oylarida kelishadi. Bu yerning manzarasi issiq kunlarda juda bir ajib ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Nanay haqida ko‘p gapirishimiz va yozishimiz mumkin, aslida u yerni borib ko‘rgan ma’qul. Aytishadi-yu, ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal, deb. Doim takrorlaydigan so‘zlarimizni yana bir bor eslatib o‘tamiz – sayohat qiling, salomat bo‘lasiz.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Mavzuga oid
Top