12:33 / 27.01.2023
14006

"Bolalarim to‘shakka mixlanib qolishidan qo‘rqaman" - ikki farzandi og‘ir xastalikka chalingan ona iztirobi

Taqdir taqozosi sabab uch farzandi bilan turmush o‘rtog‘idan ajrashgan Zubayda Eshboyeva ularga ham ota, ham ona bo‘ldi. Bolalarining rohatini ko‘raman deganda ikki o‘g‘li og‘ir xastalikka chalindi.

“Bir qiz, ikki o‘g‘lim bor. Qizim besh yildan beri idish-tovoq yuvib ro‘zg‘orimizni tebratishga ko‘maklashadi. Ikki o‘g‘lim xastalanib qolgandan beri oilamizning yolg‘iz boquvchisi ham shu qizim.

Kichkina o‘g‘lim gematologiya shifoxonasiga tushib qoldi. Unga oqqon kasalligi tashxisini qo‘yishdi. Katta o‘g‘lim 21 yosh. Madaniyat institutida o‘qiydi. Lekin bolaligidan oyog‘ida chap son chiqishi yemirilishi bilan og‘rib keladi.

Bolamni vaqtida imkon topib davolatolmadim. Imkon topganda davolatdim, topolmaganimda ojiz qoldim. Lekin hozir oyog‘ining bittasi yemirilib ketgan. Kosasi ham zararlanishni boshlagan. Hozir qattiq og‘riqlardan azob chekadi, juda ham xavotirdaman.

Agar yemirilish davom etsa, falaj bo‘lib yotib qoladi. Bo‘yi yetib, o‘qib yurgan bolam to‘shakka mixlanib qolishi mumkin. Ikki bolam uchun uysizligim ham ko‘zimga ko‘rinmayapti”, deydi onaizor o‘kinch bilan.

Asror kuch-quvvatga to‘la, onasiga ko‘mak beradigan yoshda imkoniyati cheklanib qolayotganidan o‘kinadi.

“Yoshligimdan oyog‘im og‘riydi. Ko‘p yurolmayman. Yursam og‘riq ham kuchayib boraveradi. Tengdoshlarim qatori ishlab, har tomonlama onamga yordam berishni xohlayman. Qaniydi, ukamga, onamga tirgak bo‘lolsam, opamning bo‘ynidagi mas’uliyat yukini olsam”, deydi Asror.

Zubayda opaning qizidan boshqa suyanadigan hech kimi yo‘q. U bolalarining to‘shakka mixlanib qolishidan juda xavotirda.

Asrorbek va Jo‘shqin Ro‘zimatovlarga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 3129 5856 7204 bemor Asrorbek Ro‘zimatov nomida

O‘zkard: 8600 0610 2760 0625 bemor Asrorbek Ro‘zimatov nomida

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, 9-uy 27-xonadon.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top