15:51 / 30.01.2023
49519

Eldor Shomurodov Italiyaning boshqa klubiga o‘tdi

«Roma»ning asosiy tarkibiga kira olmagan Shomurodov «Spetsiya»ga yarim mavsum uchun ijaraga berilgan. U yangi klubida ham 14-raqamda to‘p suradi.

Foto: Getty Images

Italiyaning «Spetsiya» klubi «Roma»dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni transfer qilgani haqida rasman e’lon qildi va uni A Seriyadan rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, «Spetsiya» futbolchini mavsum oxirida sotib olish huquqisiz 1,5 million yevro evaziga ijaraga olgan.

O‘zbekistonlik futbolchi yangi klubida ham 14-raqam ostidagi futbolkada to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, «Spetsiya» A Seriyada 18 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda va ligada eng kam gol urgan jamoalardan biridir. Shomurodov bu mavsum A Seriyada rimliklar safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.

Avvalroq, Joze Mourino Shomurodov mavsum yakunida Rim klubiga qaytishi mumkinligi istisno etmagandi.

«Spetsiya» ayni vaqtda Italiya chempionatida 17-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 5 fevral, yakshanba kuni turnir peshqadami bo‘lib turgan «Napoli»ga qarshi kechadi.

Top