09:32 / 14.02.2023
7896

Zelenskiy: Shols va Makron bilan umumiy qarashlar mavjud

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki murojaatida Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan 9 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni esladi. 

Foto: Getty Images

Ukraina davlati rahbari muloqotni «kuchli uchrashuv» deb atadi

«Uchalamiz ochiqchasiga gaplashdik va bu urush istiqbollari bo‘yicha umumiy tushunchaga ega bo‘lish imkonini berdi. G‘alaba sari yo‘l bo‘yicha umumiy fikrga egamiz», deb ta’kidladi Zelenskiy. 

U, shuningdek, Kiyevning Yevropa integratsiyasi masalasiga to‘xtalib, Ukraina joriy yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlay olishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining 199 fuqarosi, shuningdek, bir ukrainalikka qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. 

Jazo choralari haqidagi qaror Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) tomonidan qabul qilingan. 

Ukrainaning qora ro‘yxatiga «Rosenergoatom» kompaniyasi rahbari Andrey Petrov, «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbari o‘rinbosari Yuriy Yakovlev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakovlar kiritilgan. 

Yagona ukrainalik - rus qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan, ruslar tomoniga o‘tgan va noyabr oyida ular tomonidan Zaporijjya AES direktori etib tayinlangan Zaporijjya AES bosh muhandisi o‘rinbosari Yuriy Chernichuk.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top