Kiyevda 20 yanvar holatiga köra, Rossiya tomonidan öqqa tutişlardan keyin bir milliondan ortiq iste’molçi hali ham elektr ta’minotisiz qolmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegram’da xabar qildi. Uning qöşimça qilişiça, Ukraina poytaxtida 4000 dan ziyod köp kvartirali uy issiqliksiz qolgan.
Zelenskiy mahalliy amaldorlardan noan’anaviy takliflar berişni va vaziyatni barqarorlaştiriş uçun energiya işlab çiqarişni qayta taqsimlaş böyiça biznes bilan muvofiqlaşgan holda işlaşni talab qildi. “Ertaga men aniq, ravşan harakatlar va qarorlar röyxatini kutaman”, — dedi Ukraina rahbari.
Kiyevda havo harorati minus 10°C gaça tuşgan.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko: “Hozir 5635 ta köp qavatli uydan 4000 tasi issiqliksiz — keça tunda duşman poytaxtga hujum qilganidan keyin ularda issiqlik ta’minoti bölmagan. 1600 dan ortiq turar joy uyiga kommunal xizmatlar issiqlikni berdi”, — deb aniqlik kiritdi.
Şahar rahbarining aytişiça, vaziyat murakkab: çunki uylarning aksariyati 9 yanvar kuni RFning muhim infratuzilmaga bergan zarbalaridan keyin ikkinçi marta qayta ulanmoqda.
Kliçko şuningdek, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Kiyevga ikkita mini-issiqlik elektr stansiyasi (mini-IES) yetkazib berişini aytdi. Imzolangan memorandumga köra, ular kelasi haftada Ukraina poytaxtiga olib kelinadi.
Mer qöşimça qilişiça, Kiyevda elektr va issiqlik işlab çiqaradigan beşta kogeneratsiya qurilmasi örnatilgan. Ulardan ikkitasi işga tuşirilgan. Qolgan uçtasi böyiça işga tuşiriş–sozlaş işlari yakuniga yetkazilmoqda.
20 yanvar ertalabki holatga köra, Kiyevda yoruğlik, suv va issiqlik ta’minotidagi uzilişlar asosan Dniproning çap sohilida qayd etilgan. Ijtimoiy infratuzilma obektlari avtonom oziqlantiriş (mustaqil elektr manbai) rejimiga ötkazilgan.
RF Qurolli kuçlari 20 yanvar keçasi Ukrainaga raketa va dronlardan zarbalar bergan. Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari ma’lumotlariga köra, bu paytda 342 ta nişon urib tuşirilgan yoki bostirilgan: 315 ta dron, 13 ta X-101 qanotli raketa va 14 ta “Iskander” ballistik raketasi. Hujumning asosiy yönalişi Kiyev viloyati bölgan.













