13:13 / 16.02.2023
72385

Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi

Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi, boshqa yo‘nalishlar uchun 5 yillik pedstaj talab qilinadi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, prezidentning 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:

60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — O‘zbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60111600 — O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60112000 — Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Yuqoridagi ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Top