O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov vayronkor zilziladan jabr chekkan G‘oziantep shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram kanalida yozib qoldirdi.
Vazir o‘zbek xalqi va prezident nomidan Turkiyaga chuqur hamdardlik bildirdi.
«Oqibatlari qalbimizda chuqur yara qoldirgan vayronagarchiliklar munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti va xalqi nomidan chuqur hamdardlik bildirildi. Barchamiz bu qiyin paytda Turkiya bilan birgamiz», deb yozgan Saidov.