“Dunyo” AA xabar berişiça, taşrif davomida Turkiyada sodir etgan jinoyatlari uçun qamoqda saqlanayotgan Özbekiston fuqarolari bilan suhbatlar ötkazildi. Ularning ahvoli haqida ma’lumot olinib, jazoni ötaş şaroitlari örganildi, zarur konsullik hamda huquqiy yordam körsatildi.
Qayd etilişiça, avvalgi taşrifda hamyurtlar özbek tilidagi adabiyotlarga ehtiyoj bildirgan. Şu munosabat bilan Boş konsulxona taşabbusi va Özbekiston Oila va xotin-qizlar qömitasi, “Asaxi” hamda “Hilol naşr” bosmaxonalari kömagida muassasa kutubxonasiga Özbekistondan olib kelingan 100 dan ortiq ma’rifiy, ilmiy, diniy va ommabop adabiyotlar töplami taqdim etildi.
Şuningdek, taşrif çoğida tergov hibsxonasida saqlanayotgan Özbekiston fuqarolarining yaşaş şaroitlari, oziq-ovqat ta’minoti, tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlari hamda yaqin qarindoşlari bilan telefon orqali muloqot qiliş tartibi örganildi.
Fuqarolar bilan yakka tartibda ötkazilgan suhbatlarda ularni qiynayotgan muammolar aniqlanib, huquq va erkinliklari, şuningdek, Turkiya qonunçiligida belgilangan majburiyatlar yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Taşrif yakunlari böyiça Boş konsulxona tomonidan aniqlangan muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli çoralar körilişi bildirildi.








