10:01 / 21.02.2023
3878

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2023 yil 24-26 fevral kunlari A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, dovonda tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 21-28 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
  • Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
Top