Hujjat bilan toğli va çöl hududlarda tadbirkorlik sub’yektlarining ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini taşkil qiliş xarajatlarining bir qismini qoplab beriş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom, şuningdek ular taşkil qilinadigan tuman va şaharlar röyxati tasdiqlandi.

Belgilangani böyiça, bir martalik subsidiya miqdori:

toğli va çöl hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam bölmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini yaratiş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun 100 million söm ajratiladi;
toğli va çöl hududlarda 150 kv metrdan kam bölmagan maydondagi taypark ekstremal turizm majmuasini yaratiş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun 80 million söm ajratiladi.

Subsidiya oliş uçun tadbirkor Turizm qömitasiga yozma yoki elektron ariza taqdim etişi kerak. Kelib tuşgan arizalar komissiya tomonidan qabul qilingan kundan boşlab 10 iş kuni içida kollegial tarzda körib çiqiladi.

Subsidiya Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratiladi va ziplayn hamda taypark ekstremal turizm majmualari foydalanişga topşirilgandan keyin beriladi.

Ma’lumot uçun: ziplayn — maxsus moslama yordamida pölat arqon böylab yerdan uzilgan holda pastga tuşiş köngiloçar majmuai. Kanatli park yoki taypark — ikki metrdan ortiq balandlikda joylaşgan attraksionlar majmuai bölib, unda har kim özini alpinistdek his qilişi mumkin.