08:26 / 24.02.2023
16480

Qaysi hudud aholisida yengil avtomobillar soni ko‘pligi ma’lum qilindi

2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 396 520 tani tashkil etmoqda.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 344 786 taga oshgan. 

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni: 

  • Toshkent shahri – 562 100 ta;
  • Samarqand viloyati – 387 611 ta;
  • Toshkent viloyati – 346 956 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 329 409 ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 273 020 ta;
  • Andijon viloyati – 229 609 ta;
  • Namangan viloyati – 228 745 ta; 
  • Buxoro viloyati – 218 054 ta;
  • Xorazm viloyati – 213 139 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 205 455 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 138 867 ta; 
  • Navoiy viloyati – 100 238 ta;
  • Jizzax viloyati – 96 338 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 66 979 ta.
Top