Naşrda qayd etilişiça, strategiyaga muvofiq, Özbekistonda yengil avtomobillar işlab çiqariş hajmi 2026 yilda 460 ming dona, 2027 yilda 550 ming dona, 2028 yilda 700 ming donaga yetkazilişi közda tutilgan. 2029 yilda uşbu körsatkiç 800 ming donadan oşişi, 2030 yilga borib esa deyarli 1 million donaga yaqinlaşişi kutilmoqda.

Manba ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekistonda 419 338 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan bölib, oylik örtaça hajm 38 121 donani taşkil etgan. Bu körsatkiçning öziyoq 2024 yil davomida işlab çiqarilgan 399 327 dona avtomobil hajmidan yuqori.

Şuningdek, 2025 yilning 11 oyi davomida UzAuto Motors mamlakat avtoişlab çiqarişida yetakçi örinni saqlab qolgan. Biroq eng yuqori ösiş sur’ati BYD kompaniyasida qayd etilgan: kompaniya 2024 yilning dastlabki 11 oyida 2 198 ta avtomobil işlab çiqargan bölsa, 2025 yilning şu davrida bu körsatkiç 17 510 taga yetgan.

Bundan taşqari, Kia, Chery va Haval kompaniyalari ham Özbekistonda işlab çiqariş hajmlarini kengaytirgani ta’kidlanadi.