10:54 / 28.02.2023
10773

Zelenskiy Donbassdagi birlashgan kuchlar qo‘mondonini lavozimidan chetlatdi

General-mayor Eduard Moskalev qo‘mondonligi ostida Ukrainaning Donetsk va Luhansk viloyatlarida Rossiyaning qurolli tajovuziga qarshi chiqqan armiya va huquq-tartibot bo‘linmalari bo‘lgan.

Eduard Moskalev

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy general-mayor Eduard Moskalevni Donbassdagi birlashgan kuchlar qo‘mondoni lavozimidan chetlatdi. Tegishli farmon 26 fevral, yakshanba kuni kechqurun prezident saytida paydo bo‘ldi. Ushbu qarorning sababi haqida xabar berilmagan.

Moskalev bu lavozimni 2022 yilning 15 martida, Ukraina prezidenti Birlashgan kuchlarning avvalgi qo‘mondoni Aleksandr Pavlyukni Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlaganidan keyin egallab kelayotgan edi.

General-mayor Moskalev qo‘mondonligida Moskva to‘liq egallab olmoqchi bo‘lgan Ukrainaning Donetsk va Luhansk viloyatlarida Rossiyaning qurolli tajovuziga qarshi turgan armiya va huquq-tartibot bo‘linmalari bo‘lgan. Zelenskiy Donbasning ushbu hududlaridagi vaziyatni bir necha bor «qiyin» deb atadi. Ayniqsa, ayovsiz va qonli janglar davom etayotgan Baxmut hududi alohida tilga olindi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top