14:51 / 03.03.2023
15686

Zaporijjyaga zarba oqibatlari va Donbassdagi artilleriyachilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 372-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • 2 mart kuni Bryansk oblasti hududiga Ukrainadan «diversiya guruhi» bostirib kirgani haqida xabar berildi. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak bu xabarlarni «klassik provokatsiya» deb atadi. Chegaradagi qishloqlardan birida avtomobil o‘qqa tutilgan, uning haydovchisi va yana bir mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan. FXX «diversantlar» Bryansk oblastidan Ukrainaga «siqib chiqarilgani» va keyin ularga artilleriya zarbasi berilganini xabar qildi.
  • Vladimir Putin Bryansk oblastiga «ukrain diversantlari» kirgani haqidagi xabarlar fonida Stavropol o‘lkasiga rejalashtirilgan safarini bekor qildi.
  • Bryansk oblastidagi voqealar uchun javobgarlikni «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmasiga olgan. Harbiy xizmatchilar tomonidan e’lon qilingan videomurojaatlar — «diversiya» joyida olingan va jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan yagona mediafayllar bo‘lib turibdi. Vladimir Putin hodisani «terakt» deb atadi, Ramzan Qodirov esa bunga javoban nafaqat «diversantlar»ni, balki ularning Rossiyadagi oila a’zolarini ham jazolashni talab qildi.
  • 2 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Zaporijjyadagi turar joy binosiga raketa zarbasi yo‘lladi. Besh kishi halok bo‘lgan.
  • Davlat dumasi «ko‘ngilli tuzilmalar» jangchilarini «obro‘sizlantirganlik» uchun jinoiy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi va RF JKning «feyk» va «diskreditatsiya» bo‘yicha moddasining birinchi qismi uchun maksimal jazo muddatini oshirdi.
  • Rossiya qo‘shinlari Xerson oblastidagi insonparvarlik yordami tarqatiladigan markazni o‘qqa tutdi. Tinch aholi vakillari orasida kamida to‘qqiz kishi yaralangan.
  • Xalqaro tekshiruvchilar guruhi Xersonda Rossiya rasmiylari tomonidan tashkillashtirilgan kamida 20 ta qiynoq kameralarini aniqladi.

Zaporijjyadagi turar joy binosi o‘qqa tutilishi

2 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina nazoratidagi Zaporijjya shahrini o‘qqa tutdi. Raketalardan biri besh qavatli uyga kelib tushgan, pod’yezd va 10 dan ortiq kvartira vayron bo‘lgan. Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lgan, 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Volodimir Zelenskiy Zaporijjyaga zarbaga munosabat bildirib, «terrorchi davlat ukrainlar uchun har bir kunni terror kuniga aylantirishni xohlashi»ni aytdi va navbatdagi zarbani «vahshiylik» deb atab, «harbiy javob» qaytarishni va’da qildi..

Quyida zarba oqibatlari aks etgan suratlar. 

Raketa kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchi va shifokorlar 27 yoshli homilador ayol Annaga Rossiya raketasi kelib tushgan uydan evakuatsiya bo‘lishga yordam bermoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Otishmada shikastlangan mashina yonidagi o‘t o‘chiruvchilar
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Turar joy binosining raketa zarbasidan keyingi ko‘rinishi
Elena Tita / Global Images Ukraine / Getty Images
Vayron bo‘lgan uy hududida topilgan foto
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Borodyankadagi eksgumatsiya jarayoni

Borodyanka — Kiyev oblasti shimoli-sharqidagi posyolka. Rossiya qo‘shini Buchadan 20 kilometr masofadagi Borodyankani ham keng ko‘lamli urushning ilk kunlaridayoq egallab olgan va bir oy davomida uni okkupatsiya qilgandi. RF armiyasi Kiyev oblastidan chekingach, Ukraina qurolli kuchlari Bucha ko‘chalarida tinch aholi vakillarining qiynoq va zo‘ravonlik izlari aks etgan o‘nlab jasadlarini topgandi (Ukraina hukumatiga ko‘ra, bir oy ichida shaharda 458 kishi o‘ldirilgan). Mahalliy aholi vakillarining hikoyalariga ko‘ra, Borodyankada ham Buchadagi kabi voqealar kuzatilgan (bu posyolkada aynan qancha ukrain o‘ldirilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q).

Kiyev oblastida bosqindan bir yil o‘tib ham okkupatsiya vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining jasadlari qoldiqlari topilmoqda. 2 mart kuni Borodyankada uch jasad eksgumatsiya qilindi, ularni mahalliy aholi vakili urushning ilk oylarida topgan va qabristonga ko‘mgan. Hozir u xorijdan qaytib kelgan va politsiyaga bu haqda ma’lumot bergan.

Viacheslav Ratynskyi / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Roman Pilipey / Getty Images
Viacheslav Ratynskyi / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutdan «DXR» nazoratidagi hududga olib o‘tilganlarning Denis Pushilin bilan uchrashuvi

Rossiya qo‘shinlari 2022 yil yozidan buyon qamal qilayotgan Baxmutdan tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilish davom etmoqda. Aholining bir qismi RF nazoratidagi hududga — «DXR» olib ketilmoqda. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Shaxtyorsk shahriga Baxmut va uning atrofidagi hududlardan ikki yuzga yaqin kishi olib o‘tilgan. 2 mart kuni Shaxtyorskka tan olinmagan respublikaning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Pushilin keldi. U telegram-kanalida shaharda ayni vaqtda evakuatsiya qilingan 73 kishi borligi va ularning barchasi «xaloskorlik uchun "Vagner" jangchilaridan minnatdorligi», ammo ular qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani ko‘zlaridan ko‘rinib turgani haqida yozdi. Foto: AP / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi artilleriyachilar

 

Ukrainaning 10-tog‘-shturm brigadasining «Michman» laqabli artilleriyachisi ustidan uchib o‘tayotgan rossiyaliklar snaryadlariga qaramoqda. Donetsk oblastida RF armiyasi yurishi davom etmoqda.
John Moore / Getty Images

 

10-tog‘-shturm brigadasi jangchilari front chizig‘ida artilleriya snaryadlarini tushirmoqda
John Moore / Getty Images
Artilleriyachilar rossiyaliklarning pozitsiyalariga o‘t ochishga tayyorlanmoqda
John Moore / Getty Images
Ukrainlarning «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi Rossiya pozitsiyalariga zarba yo‘llamoqda
John Moore / Getty Images
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top