Ukrainaning “Yevropeyskaya pravda” naşri Davosda uçraşuv bölişi mumkinligini, ammo bu çorşanba kuni emasligini ma’lum qildi.
Davosda nutq sözlar ekan, Tramp Ukraina prezidenti bitim tuzişga tayyor ekaniga işonç bildirdi. “Menimça, aytişim mumkinki, biz bunga ança yaqin kelib qoldik”, — dedi u. AQŞ prezidenti Ukrainada qariyb tört yildan beri davom etayotgan uruş töxtatilişi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.
Zelenskiyning özi esa seşanba kuniyoq, Rossiyaning havo hujumlari davom etayotgani sababli mamlakat içida uning tezkor hal qilinişi lozim bölgan işlari köpligini aytgan edi. U Şveytsariyaga faqat imzolaş uçun tayyor hujjat bölsa yoki yordam böyiça yangi, aniq va’da-maqsadlar paydo bölsa — jumladan havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkazib beriş böyiça — borişini bildirgan.
Tramp nutq sözlaşidan sal oldin Zelenskiy özining Telegram-kanalida Kiyevda ötgan hukumat yiğilişidan suratlarni joyladi, u yerda energiya ta’minoti bilan boğliq vaziyat muhokama qilingan. Rossiya Ukraina energetika tizimi obektlariga ommaviy zarbalar bergani oqibatida Ukrainadagi köplab şaharlarda aholi uzoq vaqt elektr va isitişsiz qolişga majbur bölmoqda.












