07:35 / 04.03.2023
19042

O‘zbekistonlik dzyudochi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik dzyudochi Urol Sodiqovdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda borligi aniqlandi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sportchidan 2022 yilning 24 noyabrida musobaqa davrida doping sinama olingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, dzyudochining namunasidan Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan ro‘yxatga kiritilgan “furosemid” moddasi aniqlangan.

Shunday qilib, sportchi Urol Sodiqovga nisbatan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra 4 yil muddatga (23.12.2022 dan 23.12.2026 gacha) diskvalifikatsiya jazo chorasi qo‘llanildi.

Mavzuga oid
Top