Jahon boksida mustaqil antidoping dasturiga rahbarlik qiluvçi Xalqaro test agentligi (ITA) xabariga körga, özbekistonlik boksçi Lazizbek Mullajonov taqiqlangan modda - metasteron metabolitiga topşirgan testi musbat natija berganidan söng 3 yillik diskvalifikatsiyaga rozi böldi.

Sportçi 2025 yil 11 iyun kuni musobaqadan taşqari paytda namunani topşirgandan söng, taqiqlangan metasteron metabolit moddasi uçun testi musbat bölib çiqdi.

Metasteron Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan va nospetsifik moddalar qatoriga kiritilgan. U muşak massasi va kuçini oşiradigan sintetik anabolik steroid hisoblanadi.

Sportçi antidoping qoidalarini (ADRV) buzgani böyiça qarorga e’tiroz bildirmadi va bahslaşmadi. Qoidaga köra, şu sababli u 4 yilga emas, balki 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Uning diskvalifikatsiya muddati 2025 yil 22 iyuldan 2028 yil 21 iyulgaça amal qiladi. Şuningdek, 2025 yil 11 iyundan (sinov topşirilgan sana) 2025 yil 22 iyulgaça (vaqtinça çetlatilgan sana) bölgan musobaqalardagi barça natijalari bekor qilinadi.

Lazizbek Mullajonov 26 yoşda. 2024 yilgi yozgi Olimpiadada u 92 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan edi. Şuningdek, 2023 yilgi jahon çempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi.