13:20 / 15.03.2023
3982

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” direktori Sherzod Habibullayev 16-23 mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin:

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasi Chimyon tog‘larida;

Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top